166
Ba’zi bir dasturiy ta’minot qismlari aniq bir qurilma bilan birga
ishlash uchun mo‘ljallangan, uning qismi nisbatan qurilmadan
mustaqil. Drayver va qurilmadan mustaqil dasturiy ta’minot
o‘rtasidagi aniq chegara tizimdan o‘tadi, ba’zi bir funksiyalar
qurilmadan mustaqil holda amalga oshirilishi mumkin. Keyingi
funksiya odatda qurilmadan mustaqil dasturiy ta’minotni amalga
oshiradi:
qurilma drayveri uchun yagona ko‘rinishli interfeyslar;
buferlash;
xatoliklar to‘g‘risida xabar;
ajratilgan qurilmani egallash va ozod etish;
blok hajmiga bog‘liq bo‘lmagan apparat ta’minoti.
Qurilmadan mustaqil dasturiy ta’minotning bosh maqsadi –
barcha qurilmalar uchun umumiy kiritish/chiqarish funksiyasini
bajarish va foydalanuvchi darajasida dasturlar uchun yagona
ko‘rinishli interfeyslarni taqdim etish.
Dostları ilə paylaş: