163
menejer IRP ni shakllantiradi va uni kerakli drayverga uzatadi.
So‘ralgan amal bajarilganidan keyin drayver javobni yana bir IRP
paketi ko‘rinishida menejerga qaytarida, u esa, o‘z navbatida zarurat
bo‘lgan holda shu IRP paketni boshqa drayverga uzatishi mumkin.
Menejer drayverlarga o‘zaro bog‘lanishlar (biddings) berishga imkon
yaratadi, va o‘zaro aloqalar to‘g‘risidagi axborot asosida IRP
paketlarni uzatishni amalga oshiriladi. Shuningdek, Windows NT
oilasi OT ning menejeri tizimni to‘xtatmagan holda drayverlarni
dinamik yuklash va chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi. Standart ichki
modullararo interfeysning mavjudligi kiritish/chiqarish kichik
tizimining chidamliligini oshiradi va kengayuvchanligini yaxshilaydi,
ammo uning ishlash tezligini biroz sekinlashtirishi mumkin, chunki
har bir qatlam va qismlarga bo‘linish boshqaruvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri
uzatishlar bilan mustahkamlashga nisbatan qo‘shimcha amallarga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: