174
ko‘rinishga bitta resurs bo‘lish taklif qilinadi). Bu misolda sikl
C-T-D-
U-C
ketma-ketlikda bo‘ladi.
Bir biriga qarshi kurashishi uchun amaliyotda to‘rtta
strategiya
ishlatiladi:
Muammolarni to‘liq rad etish. Agar siz muammoni rad
etmasangiz, u sizni rad etishi mumkin.
Aniqlash va bartaraf etish. Bir birini
bloklash holati paydo
bo‘lishga ruhsat beriladi, so‘ng u aniqlaniladi va muammoni hal qilish
uchun choralar ko‘riladi.
Bir birini bloklash to‘rtta shartidan birontasi bajarilmaslikka
yo‘l qo‘ymaslik uchun oldini olish.
Berklik holatidan dinamik qochishda resurslarni to‘g‘ri
taqsimlash.
Nazorat savollari
1. Qurilmalarni boshqarish nima uchun kerak?
2. Qurilmalar turlarini keltiring.
3.O‘zaro birgalikda bloklash
nima va uning shartlarini
tushuntiring.
4. Kiritish/chiqarish menejeri vazifalari.
5. Tarmoq qurilmalariga misol keltiring.
6. Kontroller qanday vazifani bajaradi?
7. Kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishini tushuntiring.
8. Kiritish/chiqarish qurilmalarida to‘xtalishlarni tushuntiring.
9. Qurilmalarni boshqarish bo‘yicha operatsion tizimning
vazifalari.
10. DMA kontrolleri nima va uning vazifasi?
11. Protsessor va kiritish/chiqarish qurilmalarini parallel ishlashini
tushuntiring.
175
VBOB. FAYL TIZIMI VA FAYLLARNI BOSHQARISH
JARAYONI
5.1. Operatsion tizimlar fayl tizimi, tuzilishi va tashkil etilishi
Fayllarni boshqarish
Operatsion tizimining muhim vazifalaridan biri foydalanuvchiga
diskda saqlanayotgan ma’lumotlar bilan qulay ishlash vositalarini
taqdim
etish
hisoblanadi.
Buning
uchun
OT
saqlangan
ma’lumotlarning fizik tuzilishini foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan
mantiqiy model bilan almashtiradi - tizim
kataloglari va fayllari
ierarxik tashkil qilingan bo‘ladi. Har qanday kompyuter dasturi
ma’lumotlarni
qabul qiladi, saqlaydi va namoyish qiladi. Ish paytida,
jarayon cheklangan miqdordagi ma’lumotni o‘z
manzil maydonida
saqlashi mumkin, chunki uning hajmi virtual manzil maydoni doirasi
bilan cheklangan.
Ba’zi
amaliy dasturlar uchun, masalan,
aviachiptalarni bron qilish tizimlari, bank tizimlari va boshqalar, faqat
virtual manzillar maydoni yetarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari, jarayon
tugaganidan
so‘ng,
uning
manzil
maydonida
saqlanadigan
ma’lumotlar yo‘qoladi. Shu bilan birga, bir qator dasturlar (masalan,
ma’lumotlar bazalari) uchun uni uzoq vaqt, ba’zan esa abadiy saqlash
kerak. Bunday dasturlar uchun
jarayon tugaganidan keyin
ma’lumotlarning
yo‘qolishiga
yo‘l
qo‘yilmaydi.
Kompyuter,
shuningdek, ishlamay qolganda, jarayonda uzilishlar bo‘lganda ham
ma’lumot saqlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: