153
ta’kidlanganidek, daromadlarning ma’lum bir qismini iste’mol qilishdan chegirib
qo‘yishni bildirib, natijada iste’mol sarflari hajmi
barcha ishlab chiqarilgan
mahsulot va xizmatlarni sotib olish uchun etarli bo‘lmay qoladi. Aholi
daromadining jamg‘arilgan qismi o‘zining xususiy talabini vujudga keltirmaydi.
Buning natijasida sotilmay qolgan tovarlarning ko‘payishi, ishlab chiqarishning
qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi ro‘y berishi mumkin.
Ikkinchidan,
jamg‘arma talabning etishmasligiga
olib kelmasligi ham
mumkin, chunki jamg‘arilgan mablag‘lar tadbirkorlar tomonidan investitsion
maqsadlarda ishlatiladi. Bu jamg‘arma keltirib chiqaradigan iste’mol sarflaridagi
har qanday etishmaslikni to‘ldiradi.
Uchinchidan,
korxonalar ham o‘zining
barcha mahsulotini pirovard
iste’molchilarga sotishni ko‘zda tutmaydi, balki uning bir qismidan o‘z ishlab
chiqarishida foydalanishi mumkin.
Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining
jamg‘armalariga teng miqdordagi mablag‘larni investitsiyalarga qo‘yishni ko‘zda
tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo‘lib qoladi.
Iste’mol va jamg‘arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil
Dostları ilə paylaş: