U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
uning maqsadi va vazifalari
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv ravishda shartlanadi. 
Ko‘plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining 
zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko‘plab iqtisodiy muammolarni 
hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma’lum ma’noda to‘g‘ri bo‘lsada, 
biroq, iqtisodiyotga davlat ta’sirining ob’ektiv zarurligini eng avvalo ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi bo‘lib ham milliy iqtisodiyot 
darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi 
negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi. 
Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
-
chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab 
chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligi 
yanada kuchayadi;
-
ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida 
alohida xo‘jalik birliklarining mayda bo‘laklarga ajralib ketish holatlari barham 
topadi; 
-
ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planuvi jarayoni o‘sadi; 
18
Основы экономической теории. Политэкономия: Учебник / Под ред. Д.Д.Москвина. – М.: Едиториал 
УРСС, 2003, 392-393-б. 


242 
-
turli iqtisodiy mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi 
jadallashadi. 
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o‘zaro 
muvofiqlashtirilgan holda xo‘jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini 
ongli ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit 
iqtisodiyotni markazlashtirilgan holda boshqarishga ob’ektiv ehtiyoj paydo bo‘ladi. 
Shunga ko‘ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish 
munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma’lum 
darajasida ob’ektiv zaruriyatga aylanadi.

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin