239
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning «Ish bilan
bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) nomli kitobida o‘z aksini
topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal va kreditli tartibga
solish vositalaridan
foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan
bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu
darajada bozor iqtisodiyoti amalda ustun bo‘lgan
barcha mamlakatlarda
foydalanildi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada ko‘proq
oshib borishi ro‘y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning
muhim maqsadi sifatida nafaqat siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlikni
ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab
chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi
quyidagi holatlar orqali
izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: