U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

davlat iqtisodiy 
dasturlari
hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va 
vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat.
Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli, favquloddagi va maqsadli bo‘lishi mumkin. 
O‘rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi 
dasturlar tig‘iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli 
inflyasiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘ladi. 
Bunday maqsadli dasturlarning ob’ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va 
ilmiy tadqiqotlarning har xil yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish 
tashqi iqtisodiy usullar
yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali 
mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga 
bevosita ta’sir ko‘rsatiladi.
Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag‘batlantirish 
tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini 
kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi 
savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb 
qilish yoki cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb 
qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish 
mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy 
vositalaridir.
Shunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab 
chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda 
milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi 
iqtisodiy aloqalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
 
Asosiy tayanch tushunchalar 
 


249 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish - qonunchilik, ijro va nazorat 
qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi - iqtisodiy va 
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash va uni o‘zgarib 
turuvchi sharoitga moslashtirishga qaratiladi. 
Davlatning iqtisodiy vazifalari - iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart-
sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat bo‘ladi. 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari - tartibga 
solishning ma’muriy va iqtisodiy vositalari birligi. 
Bevosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning ta’qiqlash, ruxsat berish va 
majbur qilish xarakteridagi ma’muriy vositalari. 
Bilvosita usullar - iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va 
dastaklari. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin