253
Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi
dinamikasini taqqoslash
iste’molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi byudjetlarining bir qator
turlari mavjud bo‘ladi: o‘rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta’minlangan byudjet,
minimal darajada moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholi boshqa
ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining
shunday chegarasi
bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini
takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik
minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi)
sifatida
chiqadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan
tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati
to‘plamiga uy, avtomashina,
dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va
bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi.
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki «boy»
qatlamining
mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar
xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz miqdori kiradi.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: