256
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini
keltirib chiqaruvchi
umumiy omillar mavjud. Bularning asosiylari quyidagilar:
-
kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;
-
ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
-
tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
-
ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o‘rnatishga
layoqatliligi
(bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni
qayta taqsimlash vazifasi
daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun
ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.
3. Davlatning ijtimoiy siyosati
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni
tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi
turli guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat.
Davlat
daromadlarni
qayta taqsimlashda ijtimoiy to‘lovlar bilan birga bozor narxlarini o‘zgartirish va
ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam
Dostları ilə paylaş: