266
mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o‘z ichida oluvchi umumjahon xo‘jaligi
doirasida rivojlanmoqda.
Xalqaro mehnat taqsimoti va ayirboshlashda qatnashayotgan mamlakatlar bir
xil sharoitda emas. Bu hol ularning turli geografik ahvoli, tabiiy resurslarining
tarkibi va miqdori, rivojlanish ko‘lami, darajasi va iqtisodiyotining tuzilishi, ichki
bozorning hajmi bilan belgilanadi.
Ana shu farqlar sababli ayrim mamlakatlarda bir xil tovarlarni ishlab
chiqarishdagi xarajatlar darajasi ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun har bir
mamlakat o‘zi nisbatan qulayroq, kamroq xarajat bilan ishlab chiqaradigan
tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotishga va aksincha, jahon bozoridan o‘zidan
ishlab chiqarish uchun xarajat ko‘proq bo‘ladigan yoki tabiiy yoxud boshqa
sharoitlarga ko‘ra umuman ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tovarlarni sotib olishga
intiladi.
Tovarlar mamlakatlar o‘rtasida jahon narxlari asosida ayirboshlanadi. Ular
baynalminal qiymatga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, ijtimoiy zaruriy
baynalminal mehnat sarflari jahon bozorida e’tirof qilinadi.
Umuman olganda, jahon narxlarining tashkil topishi odatda, sof holda amalga
oshmaydi. Baynalminal qiymatning hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus
omillar jahon narxlariga ta’sir qiladi. Tashqi savdo va valuta cheklashlari, valutalar
qiymatining o‘zgarib turishi, xalqaro monopoliyalar siyosati, birjadagi
chayqovchiliklar va hokazolar shular jumlasidandir. Shu sababli ayrim
mamlakatlarning jahon bozoridagi raqobatlashuv qobiliyatidagi farqlar, pirovard
natijada mehnat unumdorligining milliy darajadagi farqlarini aks ettiradi.
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o‘n yilliklarda yangi texnologik asoslarga
o‘tish jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi bilan birga bordi. Takror ishlab
chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o‘zining har ikkala shaklida:
Dostları ilə paylaş: