U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

markaziy (emission) 
bank
va 
tijorat (depozitli) banklarning
tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
Davlat banki
mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi 
va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. 
Davlat banki 
Markaziy bank
hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, 
birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan 
iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan 
o‘rnatiladi. 
Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg‘arma muassasalaridan 
mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko‘ra markaziy 
bank “banklar banki” deyiladi. 
Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi
davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va 
ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi. 
Markaziy bank ko‘plab xilma-xil 
vazifalarni
bajaradi. 
1) boshqa bank muassasalarining majburiy zahiralarini saqlash;
2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta’minlash va banklararo 


235 
hisob-kitoblarni amalga oshirish, ularga kreditlar berish; 
3) davlatning monetar siyosatini amalga oshirish;
4) barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtirish va ular ustidan nazoratni amalga 
oshirish; 
5) xalqaro valuta bozorlarida milliy valutalarni ayirboshlash; 
6) pul taklifi ustidan nazorat qilish, milliy valutani muomalaga chiqarish. 
Banklar o‘z tasarrufidagi resurslardan foydalanish samaradorligi uchun 
moddiy jihatdan mas’ul hisoblanadi va shu sababli kredit-pul operatsiyalari 
ko‘proq ularning iqtisodiy foydaliligiga va samaradorligiga qarab beriladi. 
Tijorat banklari
o‘zlarining xo‘jalik mavqeiga ko‘ra aksionerlik tipidagi 
muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko‘ra, faoliyatning biron bir turiga 
xizmat ko‘rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo‘lishi mumkin. 
Tijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb 
etilgan pul mablag‘lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o‘rtasida hisob-kitobni 
amalga oshiradi, shuningdek vositachilik va valuta operatsiyalari bilan shug‘ullanadi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin