233
Davlat krediti
– kredit munosabatlarining o‘ziga xos shakli bo‘lib, bunda
davlat pul mablag‘lari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari bo‘lib
chiqadi. Davlat krediti mablag‘lari manbai bo‘lib,
davlat qarz obligatsiyalari
xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti
kamomadini qoplash uchun foydalanadi.
Xalqaro kredit
– ssuda kapitalining xalqaro
iqtisodiy munosabatlar
sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valuta)
shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat,
xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi.
So‘nggi vaqtlarda
kreditlashning lizing, faktoring, farfeyting,
trast kabi
shakllari keng rivojlanib bormoqda.
Lizing
– bu kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish vositalari
va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam
ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan
iborat.
Dostları ilə paylaş: