U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul 
massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi. 
Bizning respublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida 
hisoblanadi:
M0
– muomaladagi naqd (qog‘oz va metall) pullar. 
M1 
= M0 + aholining joriy hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari
korxonalarning hisob varaqalaridagi pul mablag‘lari, banklardagi talab qilib olish 
mumkin bo‘lgan pul omonatlari.
M2 
= M1 + tijorat banklaridagi muddatli omonatlar va jamg‘arma hisob 
varaqalaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va 
boshqa aktivlar. Mazkur agregat tarkibiga kiruvchi pul mablag‘larini bevosita bir 


229 
shaxsdan boshqa biriga o‘tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish 
mumkin emas. Ular asosan jamg‘arish vositasi vazifasini bajaradilar.
M3 
= M2 + bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat 
zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Bundan ko‘rinadiki, pul massasining har bir alohida agregati o‘zining 
likvidligi darajasiga ko‘ra farqlanadi. 
Likvidlik
– bu turli aktivlarning o‘z 
qiymatini yo‘qotmasdan (ya’ni eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd 
pulga aylana olish qobiliyatidir.
Pullar (metall tanga va qog‘oz pullar) eng yuqori 
likvidlikka ega bo‘ladi. Mijoz o‘zi istagan vaqtida olishi mumkin bo‘lgan bank 
hisob varaqalaridagi pul omonatlari ham likvidli hisoblanadi. Pul massasi tarkibiga 
to‘lov vositasi vazifasini bajarish layoqati pastroq bo‘lgan aktivlar qo‘shilib borishi 
bilan, ularning likvidlik darajasi ham pasayib boradi.
Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy pul 
massasining 9-10 foizini, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo‘stlik 
davlatlarida 35–40 foizni tashkil qiladi.

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin