U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1.
Moliyaning iqtisodiy mazmunini tushuntiring va uning iqtisodiy 
vazifalarini bayon qiling. 
2.
Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo‘g‘inlarining tavsifini bering. 
Moliya tizimida davlat budjetining o‘rni qanday? 
3.
Davlat budjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda qanday 
rol o‘ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi?
4.
Budjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy budjet taqchilligini tushuntiring. 
5.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning turlarini, asosiy 
vazifalarini ko‘rsating. 


225 
15-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING RIVOJLANISHIDA PUL-KREDIT 
TIZIMI VA BANKLARNING ROLI 
Iqtisodiyotda pulning roli o‘ta ahamiyatli bo‘lib, mamlakat taraqqiyoti pul-
kredit tizimining barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ushbu bobda 
pulning nazariy konsepsiyalari, jumladan, pul muomalasi qonunlari, pul-kredit 
siyosati, uning zamonaviy tendensiyalari, O‘zbekiston pul-kredit siyosatining 
asosiy yo‘nalishlari va dastaklari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, bozor iqtisodiyotida kredit va bank tizimining roli, Markaziy 
bank va tijorat banklarining vazifalari, hozirgi bosqichda O‘zbekiston Respublikasi 
bank tizimini takomillashtirish yo‘llariga e’tibor qaratiladi.
1.
 
Pul muomalasi qonunlari 
 
Pulning o‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi to‘xtovsiz harakati pul 
muomalasi deyiladi. 
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy 
ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. 
Mamlakat 
pul tizimi
ning muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 
1) milliy pul birligi (so‘m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.); 
2) naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi 
qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi; 
3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga 
chiqarish tizimi; 
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. 
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul 
muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd 
pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov 
talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin