226
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan
pul miqdorini
aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga
bog‘liq:
1. Muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan
tovarlar
summasiga.
2. Pul birligining aylanish tezligiga.
3. Kreditning rivojlanishiga, puldan to‘lov vositasi vazifasidan foydalanishga
ham bog‘liq.
Ko‘pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga
muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo‘lgan pul
miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda
ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga
ehtiyojni ko‘paytiradi. Undan tashqari hozirgi vaqtda ko‘pgina
oldi-sotdi
jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o‘tkazish yo‘li
bilan amalga
oshiriladi. Biz ularni o‘zaro hisob-kitoblar deb ataymiz.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori
quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
t
t
k
b
m
А
Х
Х
T
P
,
bu yerda:
P
m
- muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori;
T
b
- sotilishi lozim bo’lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori × narxi);
X
k
- krеditga sotilgan tovarlar summasi;
X
t
- to’lash muddati kеlgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to’lovlar
summasi;
A
t
- pulning aylanish tеzligi.
Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so’mni, krеditga sotilgan tovarlar
– 20 mln. so’mni, ilgari krеditga sotilib, ayni paytda to’lash
muddati kеlgan
227
tovarlar va boshqa to’lovlar – 40 mln. so’mni tashkil qilib, pulning aylanish tеzligi
6 marta bo’lsa, u holda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori 20 mln. so’mga
tеng bo’ladi. Ya’ni:
.
'
.
ln
20
6
40
20
100
m
so
m
P
m
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran
ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga nisbatan
muomalaga
kam pul chiqarilsa, ko‘pgina xo‘jaliklarda pul yetishmasligi,
normal
holatda xo‘jalik yuritib bo‘lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha,
muomalada bo‘lgan pul miqdori sotilayotgan tovarlar
va xizmatlar summasiga
nisbatan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning
paydo bo‘lishi pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyasiyani bildiradi.
Pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasi qonuniga
quyidagicha ta’rif berish mumkin:
Dostları ilə paylaş: