U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

qayta taqsimlash vazifasini
bajaradi. Uning yordamida 
korxonalar, davlat va aholining bo‘sh pul mablag‘lari ssuda fondi shaklida 
to‘planib, keyin bu mablag‘lar kredit mexanizmi orqali iqtisodiyot tarmoqlari 
ehtiyojlarini hisobga olib qayta taqsimlanadi. Shu orqali kredit ishlab chiqarish 
jarayonining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Ikkinchidan, kredit pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalarini (veksel, chek, 
sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni 
xo‘jalik amaliyotiga joriy etish
vazifasini
bajaradi. 
Uchinchidan, kredit naqd pullar o‘rniga kredit pullarni rivojlantirish va pul 
muomalasini jadallashtirish bilan 
muomala xarajatlarini tejash vazifasini
bajaradi. 


232 
To‘rtinchidan, kredit ssuda fondining harakati (qarz berish va qarzni undirish) 
orqali 
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasini
bajaradi. 
Beshinchidan, kredit o‘z muassasalari orqali iqtisodiy sub’ektlar faoliyati 
ustidan 
nazorat qilish vazifasini
bajaradi. 
Nihoyat, kreditning o‘ziga xos vazifasi 
iqtisodiyotni tartibga solish
hisoblanadi. Bunda kredit uchun foiz stavkalarini tabaqalashtirish, davlat 
tomonidan kafolatlar va imtiyozlar berish kabi usullardan foydalaniladi. Kredit bir 
qator turlarda amalga oshiriladi. 
Tarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan 
foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan 
kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, iste’mol va xalqaro kredit shakllarini 
oladi. 
Bank krediti
– kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. U pul 
egalari – banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga 
(tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin