U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


rasmiy zahiralar bo‘yicha operatsiyalar



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

rasmiy zahiralar bo‘yicha operatsiyalar
deyiladi. Bu operatsiyalar 
Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari bilan bir xil emas. Rasmiy 
zahiralar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq summasi, kapital 
harakati hisobi va zahiralar miqdorining o‘zgarishi nolni tashkil qilishi zarur. 
Mamlakat uzoq davr davomida joriy operatsiyalar bo‘yicha taqchillikni 
bartaraf qilishni kechiktirishi va o‘zining rasmiy valuta zahiralarini to‘liq sarflashi 
natijasida to‘lov balansi inqirozi kelib chiqadi. Mamlakatda tashqi qarzlarni to‘lash 
holatida bo‘lmaganligi sababli, chet eldan kreditlash imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. 


305 
Iqtisodiyot sub’ektlarining davlat va Markaziy bank siyosatiga ishonchsizligi 
to‘lov balansi inqirozini chuqurlashtiruvchi omil hisoblanadi. Milliy valuta 
qadrsizlanishining kutilishi chet el valutalariga chayqovchilikka qaratilgan talabni 
rag‘batlantiradi. Bu Markaziy bankning milliy valuta qadrsizlanishining oldini 
olishga qaratilgan harakatini ancha qiyinlashtiradi, chunki uning rasmiy valuta 
zahiralari bir vaqtda to‘lov balansining taqchilligini moliyalashtirish va chet el 
valutalariga o‘sib boruvchi chayqovchilik talabini qondirish uchun yetarli bo‘lmay 
qoladi. Bunday holda valutalarning «xufyona bozori» vujudga kelib, rivojlana 
boshlaydi. 
 
3. Valuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar faoliyatining 
rivojlanishi 
Xalqaro valuta munosabatlari o‘ta beqaror, noaniq va tez o‘zgaruvchi jarayon 
bo‘lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valuta-moliya 
sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday 
tashkilotlar qatoriga Xalqaro valuta fondi (XVF), Xalqaro taraqqiyot va tiklanish 
banki (XTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro 
rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) kabilarni kiritish mumkin. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin