3. So‘nggi qo‘shilgan naflilik nazariyasi
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi
13
nazariyasi.
YUqorida qarab
chiqqanimizdek, qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra, mehnat sarflarining
ijtimoiy zaruriy darajasi faqat bozorda, ayirboshlashda yuzaga chiqadi. Qiymat
faqat bozorda almashuv qiymat ko‘rinishida o‘zining ifodalanish shaklini oladi.
Qisqacha aytganda, qiymat ishlab chiqarishda yaratiladi, biroq bozorda, ya’ni
ayirboshlash vaqtida namoyon bo‘ladi. Shu yerda qo‘shilgan miqdor nafliligi
nazariyotchilari qarashlari bilan qarama-qarshilik paydo bo‘ladi. Uning mohiyati
13
«Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi» atamasini qo‘llashda mualliflar tomonidan ko‘plab mulohazalarga borildi.
Sababi – bugungi kunda iqtisodiy adabiyotlarda bu atamaning turli variantlari («me’yoriy naflilik», «me’yoriy
foydalilik», «chegaraviy naflilik», «chegaraviy foydalilik» va h.k. ) qo‘llanib kelmoqda. Biroq, bu atamalar lug‘aviy
tarjima sifatida o‘rinli qo‘llanilgan bo‘lsada, mazkur tushunchaning haqiqiy mazmunini ifodalay olmaydi. «Keyingi
qo‘shilgan miqdor nafliligi» atamasi esa bu mazmunga ko‘proq mos tushadi. Mavzuning bayon etilishini
osonlashtirish maqsadida keyingi o‘rinlarda qo‘llaniluvchi «so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi», «qo‘shilgan
miqdor nafliligi», «keyingi qo‘shilgan naflilik» kabi iboralar bir xil ma’no kasb etadi.
55
nimadan iborat? Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab
chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi
sababli emas, balki mazkur tovar xaridor uchun naflilikka ega bo‘lishi sababli ro‘y
beradi, xaridor ma’lum naflilikka ega bo‘lgan tovarni qadrlaydi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining asoschilari bo‘lib avstriya
maktabi
vakillari
K.Menger(1840-1921),
F.Vizer(1851-1926),
E.Bem-
Baverk(1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Hozirda bu nazariya g‘oyalarini bir
qator olimlar qo‘llab-quvvatlab, rivojlantirib kelmoqdalar.
14
Mazkur nazariyaga
ko‘ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlar (hamda
xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun
emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lishi sababli qadrlanadi. Insonlar
tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovarni
ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. U yoki bu mehnat sarflarining
ijtimoiy zarurligi kim tomonidan yoki nima bilan aniqlanadi, degan savolga oddiy
tarzda bozor tomonidan, deb javob berish to‘g‘ri bo‘ladi, biroq bu javob umumiy
va to‘liq emas. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari
fikrlariga ko‘ra, faqat tovarning nafliligi mehnat sarflariga «ijtimoiy zaruriy» deb
nomlanadigan tavsif berishi mumkin.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat
nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki
nafliligini hisobga olish muammosi bilan bog‘liq. CHunki, turli ko‘rinishdagi
ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o‘zaro taqqoslash mumkin
emas. E’tibor berilsa, masalaning bu tarzda qo‘yilishining o‘zi keyingi qo‘shilgan
miqdor nafliligi nazariyasiga zidligini ko‘rish mumkin. Masalan, kitob yoki
tanburdan qaysi birining nafliligi yuqori, degan savolga javob borish mumkin
emas. Albatta, savol bunday aniq qo‘yilganda unga javob berib bo‘lmaydi. Ammo
har bir aniq holatda iste’molchi tomonidan ne’matlarning nafliligini taqqoslash
doimo ro‘y beradi. Masalan, kitobsevar inson uchun kitobning, musiqashunos
uchun tanburning nafliligi yuqori bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, kitob o‘qishni
14
Jumladan, P.Samuelson, K.Makkonnell, S.Bryu, V.D.Kamaev va boshqalar.
56
yoqtirmayligan inson uchun kitobning, cholg‘u asboblarida o‘ynashni bilmaydigan
yoki musiqaga umuman qiziqmaydigan inson uchun tanburning nafliligi juda past
yoki umuman nolga teng bo‘lishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, tanbur bilan
kitobni ayirboshlash zarur bo‘lsa, ularni nafliligi bilan o‘zaro taqqoslab bo‘lmaydi.
Shunga ko‘ra, iqtisodiy hayotda ham xo‘jalik qarorlari qabul qilish chog‘ida
umuman ehtiyojlarni taqqoslamasdan, u yoki bu moddiy va ma’naviy
ne’matlarning foydali samarasiga baho bermasdan turib hech qanday iqtisodiy
faoliyatni boshlash mumkin bo‘lmaydi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki
turini ajratib ko‘rsatish zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik,
ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq
naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining sub’ektiv narxini bildiradi. Bu
sub’ektiv narx ikki omilga bog‘liq: mazkur ne’matning mavjud zahirasi va unga
bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik darajasi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari sub’ektiv naflilik
miqdorini hisoblashda G.Gossen (nemis iqtisodchisi, 1810-1858 yy.) qonunidan
foydalanadilar. Bu qonun so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligining pasayib borishini
ifodalab, Gossenning birinchi qonuni deb ataladi. Mazkur qonunga binoan, ehtiyoj
qondirilib borilishi bilan «to‘yinganlik darajasi» o‘sadi, aniq qo‘shilgan miqdor
nafliligi esa pasayadi («zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi
har bir navbatdagi qo‘shimcha ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega
bo‘lishini bildiradi, ne’matlar zahirasi cheklangan bo‘lganda esa uning «zaruriy
ehtiyojni» qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud bo‘ladi. Bundan shunday xulosa
kelib chiqadiki, mazkur turdagi barcha ne’matlarning qiymati ularning eng so‘nggi
qo‘shilgan miqdorining nafliligi bilan aniqlanadi.
O‘zining birinchi qonunidan kelib chiqqan holda, Gossen ikkinchi qonnuni
ham ishlab chiqadi. Unga ko‘ra, «iste’mol qilinayotgan turli ne’matlarning
umumiy miqdori shunday tarzda aniqlanadiki, bunda sotib olingan bir necha
turdagi ne’matning so‘nggi qo‘shilgan miqdori nafliligi o‘zaro bir-biriga teng
57
bo‘ladi».
15
Boshqacha aytganda, har bir iste’molchi bir vaqtning o‘zida ko‘plab
turdagi ne’matlarni iste’mol qilish uchun ularning shunday to‘plamini sotib
oladiki, bu to‘plamdagi har bir ne’matning so‘nggi qo‘shilgan miqdori nafliligi
o‘zaro teng bo‘ladi yoki iste’molchida bir xil miqdordagi qoniqish hosil qiladi.
Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi muammosini o‘rmonda yashovchi chol
ega bo‘lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo‘lgan psixologik hayol
orqali tasvirlab ko‘rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi
tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga
bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi – ovqatlanishni
yaxshilash uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, to‘rtinchisi – pivo
tayyorlash, beshinchisi – cholning o‘z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib,
ko‘ngilxushlik qilishi uchun.
Bundan ko‘rinadiki, beshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar
ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan mahrum bo‘lsa u faqatgina
ko‘ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, to‘rtinchi qopdagi
donning yo‘q bo‘lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa parrandalarsiz qoldirishi
mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng
yuqori darajaga etadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi.
Shu o‘rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi
biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, degan savol tug‘iladi.
Xolbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo‘q ekan, chol uchun ularning
nafliligi beshinchi, so‘nggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi.
Demak, har bir ne’matning so‘nggi qo‘shilgan birligi, ya’ni uncha muhim
bo‘lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga
egadir.
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan kishi mashhur
ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda
mehnat nazariyasi ham, qo‘shilgan naflilik nazariyasi ham etarli asosga ega emas,
deb hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish yo‘li bilan aniqlik
15
Майбурд Е.М. Введение в историю экономической мысли. М., 1996, с.333.
58
kiritishga harakat qildi. Qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir
tomonlamaligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko‘rdi. A.Marshall
keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda
ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish)
zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning qiymat va narxning bir
negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall
ishlari bilan bog‘liq. Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai,
narxning yagona asosi va bozor xo‘jaligida jamiyat daromadlarining yagona
manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz
klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marjinalistlarda
qo‘shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa
qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab
chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri orqali
aniqlanadi.
A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan miqdor
nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib,
A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintez qilishga
o‘tildi.
Lekin A.Marshall ushbu sintezni oxirigacha etkaza olmadi. U ijtimoiy zaruriy
naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq ko‘ra
olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy naflilik o‘rniga qo‘shilgan naflilikni, ijtimoiy
zaruriy mehnat sarflari o‘rniga ishlab chiqarish xarajatlarini qo‘ydi.
Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to‘liq hisobga olinmadi.
Umuman aytganda uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo‘lgan narsa
tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil
bo‘ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo‘lishini inobatga olmaslikdir.
|