52
farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo‘lib moddiy ishlab
chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga
kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas,
balki jamiyat uchun zarur bo‘lgan o‘rtacha mehnat belgilab berishini ko‘rsatib
o‘tgan.
D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo‘lib tovar ishlab chiqarishga
sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi
mehnat hisoblanishini
isbotlab bergan. U tovarning iste’mol qiymati va qiymati o‘rtasidagi farqni aniq
ko‘rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat
orqali aniqlanishini ta’kidlagan.
Demak, yuqorida ta’kidlanganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi
tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga
oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni
ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra ijtimoiy zarur ish vaqti o‘ziga xos
ijtimoiy mehnat me’yori rolini o‘ynaydi. Bu me’yor
bozorda aniqlanadi va tovar
ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarurdir. Keragidan ortiqcha mehnat
sarflari qiymat yaratmaydi, ya’ni jamiyat tomonidan e’tirof etilmaydi, rad etiladi.
Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun
zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tushuntiradiki, tovar qiymatida
oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda maxsus tayyorgarlik talab
qilmaydigan mehnat tushuniladi. Oddiy mehnat darajasi turli mamlakatlarda va
turli davrlarda bir xil bo‘lmay, turlicha va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Lekin qiymat
namoyon bo‘ladigan har bir muayyan bozorda (u
xoh ichki, xoh tashqi bozor
bo‘lsin) oddiy mehnat ma’lum bir darajadagi mavjud mehnatdir. U shunday
boshlang‘ich negizki, malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin,
murakkab va malakali mehnat ko‘paytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon
bo‘ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual
sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi.
53
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda
tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va
rag‘batlantirishni tartibga soluvchi, ob’ektiv qiymat qonunini mavjud bo‘lishini tan
oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash
ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy zaruriy sarflarning yuqorida keltirilgan ta’riflaridan kelib chiqsak,
qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy
zarur mehnat sarfidan ozroq
bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarni, ya’ni ma’lum vaqt ichida ko‘proq miqdorda
iste’mol qiymatlarini yaratuvchi yoki yuqoriroq mehnat unumdorligini
ta’minlaydigan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi. Qiymat qonuni individual
mehnat unumdorligi ijtimoiy me’yordagi mehnat unumdorligidan past bo‘lgan
ishlab chiqaruvchilarni jazolaydi. Bu bilan iqtisodiy sharoitlar tovar ishlab
chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirish yoki boshqa xil tovarlarni ishlab
chiqarishga o‘tishini rag‘batlantiradi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilish,
xonavayron bo‘lish xavfi ostida qolishlari mumkin.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat
sarflari bilan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o‘trasidagi farq tovar ishlab
chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy
sarflarni kamaytirishni
rag‘batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha taqsimlanishini
tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab
chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim
individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin.
Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati ko‘proq kafolatlangan deb bo‘lmaydi.
Chunki ular texnik va tashkiliy jihatdan yangiliklarni ishlab chiqarishga o‘z
vaqtida qo‘llab turmasalar, yuqoriroq samara beradigan ishlab chiqarish usullarini
qidirib topmasalar, ma’lum vaqtdan so‘ng o‘z ustunliklaridan ajralib qolishlari
mumkin.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi rakobat kurashi
natijasida bozor narxlarining stixiyali
ravishda tebranib turishidan, ularning
54
ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy
qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo‘lgan holda:
narx = qiymat.
Talab > taklif
bo‘lgan holda:
narx > qiymat.
Talab < taklif
bo‘lgan holda:
narx < qiymat.
SHunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab
chiqaruvchilarning xoxishi bilan sodir bo‘lmay, balki ob’ektiv qiymat qonunining
kuchi ta’siri ostida bo‘ladi.
Qiymat qonuni resurslarning turli ishlab chiqarish sohalari o‘trasida
taqsimlanishini tartibga solib turish vazifasini bajarayotganda ham narxlar
dinamikasi muhim rol o‘ynaydi. Agar u yoki bu aniq tovar ijtimoiy ehtiyojini
qondirish uchun zarur bo‘lganidan kamroq ishlab chiqarilsa, bu talabning taklifdan
oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Tovar narxi oshib ketadi. Narxlar, shu bilan birga
daromadlar
kamayadi, bu tarmoqdagi ishlab chiqarish resurslari daromad yuqori
bo‘lgan boshqa tarmoqlarga o‘tib ketadi. Qiymatning mehnat nazariyasi
modellarida qiymat qonuniga asoslangan ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga
soluvchi bozor mexanizmi ana shunday tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: