47
3-BOB. QIYMATNING TURLICHA NAZARIYALARI
VA ULARNING SINTEZI
Ijtimoiy-iqtisodiy shakllarning turli tarixiy
davr sharoitidagi mazmuni, o‘rni,
roli va ijtimoiy oqibatlari ko‘p jihatdan turlicha bo‘ladi. Lekin ularning umumiy,
eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Shu sababli ushbu bobda tovar va
uning
xususiyatlari,
tovar qiymatining miqdori, uni aniqlashga bo‘lgan yondashuvlar
yoritiladi. Ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasining asosiy muammolaridan biri – qiymat
tarkib topishining turlicha nazariyalariga keng e’tibor qaratiladi.
1. Tovar va uning xususiyatlari
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif berishda ham
iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud.
Jumladan, E.F.Borisov
ta’rifiga ko‘ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida
ayirboshlashga mo‘ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».
9
Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va
«tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning
maxsus shakli bo‘lib hisoblanishi ko‘rsatib berilgan: «Tovar –
bu ayirboshlash
uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat».
10
Bu va boshqa qator
olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki,
Dostları ilə paylaş: