46
Qo‘shimcha mahsulot – ishchi va xizmatchilarning qo‘shimcha ish vaqtida
yaratilgan mahsulot bo‘lib, sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan oshiqcha
qismidir. Qo‘shimcha mahsulot tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga
tegishlidir.
Ishlab chiqarish funksiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari
o‘rtasidagi bog‘liqlikni bildiradi.
Qo‘shilgan kapital – ishlab chiqarishda mavjud band bo‘lgan kapital miqdori
ustiga yangi qo‘shimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib aytganda kapital
miqdorining o‘sgan qismi.
O‘rtacha mahsulot – jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir — birligiga
to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori.
So‘nggi qo‘shilgan mahsulot – so‘nggi qo‘shilgan omil (kapital yoki ishchi
kuchi) evaziga o‘sgan mahsulot.
Dostları ilə paylaş: