107
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada kengroq
namoyon bo‘ladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi
asosiy vazifalarini ajratib
ko‘rsatish mumkin:
1)
tartibga solish vazifasi;
2)
resurslarni joylashtirish vazifasi;
3)
innovatsion vazifa;
4)
moslashtirish vazifasi;
5)
taqsimlash vazifasi;
6)
nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning
tartibga solish vazifasi
ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat.
Aynan shu vazifa
yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining
yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali
belgilanishiga erishiladi, ya’ni
iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning
resurslarni joylashtirish vazifasi
ishlab chiqarish omillarini ular
eng ko‘p
samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga
oqilona joylashtirish
imkonini beradi.
Raqobatning
Dostları ilə paylaş: