115
Bulardan
xulosa qilib aytish mumkinki,
narx – real bozor iqtisodiyoti
sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining
puldagi ifodasidir.
Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda
alohida olingan ishlab
chiqaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual
shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas,
balki jamiyat
tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda va
sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) o‘z ifodasini
topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda
o‘sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko‘rsatkichlarining o‘sishi
ushbu tovar
narxining oshishiga olib keladi.
Shuning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat
o‘zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi (3-
chizma).
3-chizma. Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot
hajmini hisoblashda qo‘llanishi.
Narxning mazmunini to‘laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir
etuvchi
omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo‘lib qiymat yoki
ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif
nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar
ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi
(4-chizma). Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik
Ijtimoiy nafliligi
O’zgarmas
yoki qiyosiy
narxlarda
Rеal mahsulot, yaratilgan
tovar va
xizmatlar summasi
Yaratilgan tovar va
xizmatlar
Yaratilgan tovar va xizmatlar
qiymatini
hisoblash
Tovar va xizmatlarning
puldagi ifodasi
Ijtimoiy
qiymati
Joriy, ya’ni o’zgaruvchi
narxlarda
Nominal mahsulot, ya’ni
tovar va xizmatlarning joriy
narxdagi
qiymati
116
miqdori atrofida goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab
bo‘ladi.
Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko‘rib chiqilganda yanada
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: