Funksional tahlil.
Barcha iqtisodiy modellar iqtisodiy o‘zgaruvchilar
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. Ko‘pincha bu bog‘liqliklar funksiya
ko‘rinishida ifodalanadi. Funksiya – bu bir qator o‘zgaruvchilarning boshqalariga
bog‘liqligini aks ettiruvchi matematik tushuncha. Masalan, non bozori modelini
ko‘rib chiqishda, biz nonga bo‘lgan talab nonning narxi va jami daromad hajmiga
bog‘liq, deb ta’kidladik. Buni quyidagi tarzda ifodalash mumkin:
Q
d
= D(P
b
, Y).
Bu tenglamadan nonga bo‘lgan talab (Q
d
) nonning narxi (P
b
) va daromad
hajmi(Y)ning funksiyasi deyish mumkin. Funksiyani yozishda qavs oldida turgan
o‘zgaruvchi (D) funksiyani anglatadi.
Non bozori modelida Q
d
= D(P
b
, Y) ifodasi nonga bo‘lgan talabning
omillarini aniqlab beradi. Agar biz nonga bo‘lgan talab to‘g‘risida ko‘proq
ma’lumotga ega bo‘lganimizda, quyidagicha yoza olgan bo‘lar edik:
Q
d
= 60 - 10P
b
+ 2Y.
Bunday holda talab funksiyasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
D(P
b
, Y) = 60 - 10P
b
+ 2Y.
Mazkur funksiya non narxi hamda daromad hajmining har bir darajasiga
muvofiq keluvchi nonga bo‘lgan talabni aniqlash imkonini beradi. Masalan, agar
daromad 10 ga, nonning narxi 2 ga teng bo‘lsa, nonga bo‘lgan talab 60 ga teng
19
bo‘ladi; agar nonning narxi 3 gacha oshsa, u holda nonga bo‘lgan talab 50 ga qadar
qisqaradi.
Funksiya o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi miqdoriy nisbat ma’lum bo‘lmagan
hollarda ham ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalash imkonini beradi. Masalan,
nonning narxi 2 dan to 3 ga qadar oshganda talab kamayishini bilgan holda,
qanchaga kamayishini bilmasligimiz mumkin. Bunday holda, agar biz
o‘zgaruvchilar o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik mavjudligini bilsak, uni funksional
shaklda ifodalash maqsadga muvofiqdir.
Tahlilning muvozanatga asoslangan usuli. Iqtisodiy nazariyadagi tahlilning
muvozanatli usulini ideal harakatsizlikning fizikaviy nazariyasi yoki jismning bir
tekis va to‘g‘ri chiziqli harakati bilan taqqoslash mumkin. Bunda iqtisodiyotning
barcha tashqi sharoit va parametrlari (texnika va texnologiyaning holati,
iste’molchilarning didlari, mulkchilikning taqsimlanishi va h.k.) oldindan belgilab
berilgan, deb qabul qilinadi. Muvozanat deb shunday holat tushuniladiki, unda
tashqi sharoit va parametrlar o‘zgarmagan holda xo‘jalik jarayonining birorta
ishtirokchisida o‘z iqtisodiy hulq-atvorini o‘zgartirishga rag‘bat mavjud bo‘lmaydi.
Boshqacha aytganda, gap shunday usul haqida boradiki, unda talab va taklif, narx
va qiymatning muvozanati boshlang‘ich model sifatida qaraladi. Mazkur yirik
abstraksiya asosida keyinchalik qo‘shimcha qiymat, foyda, foiz, renta va boshqa
nazariyalar quriladi. Shu bilan birga, talab va taklif muvozanati abstraksiyasining
qo‘llanishi iqtisodiy kategoriyalarni tahlil qilishda ahamiyatli yo‘qotishlarga olib
kelmaydi, aksincha, iqtisodiy qonunlarning harakatini yuqori darajadagi sof holda
ochib berish imkonini yaratadi.
Bunga qarama-qarshi o‘laroq, nomuvozanat usuli shundan kelib chiqadiki,
talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat abstraksiyasidan o‘rinsiz foydalanish o‘z
mohiyatiga ko‘ra faqat nomuvozanat sharoitida amal qila oluvchi bir qator
iqtisodiy kategoriyalarning tahlili uchun to‘sqinlik qiladi. Uzoq muddatli
muvozanat iqtisodiy tahlili bunday yondoshuvda iqtisodiyot nazariyasining o‘ta
zarur, biroq birinchi bosqichi sifatida maydonga tushadi. Ratsional xo‘jalik
yuritishning tarixiy evolyusiyasiga, iqtisodiy taraqqiyot va farovonlikning o‘sishi
20
manbalarini ochib berishga taalluqli bo‘lgan iqtisodiy tahlil fan-texnika
taraqqiyoti, iste’molchi didlari, mulkning taqsimlanishi, resurs taqchilligi,
institutsional tizim, jahon xo‘jaligi aloqalari va boshqalar o‘zgarishining ta’siri
ostida iqtisodiy muvozanatning buzilishiga o‘z vaqtida e’tibor qaratishni taqozo
etadi.
Dostları ilə paylaş: |