13
3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning metodologik tamoyillari
Boshqa fanlar singari, iqtisodiyot nazariyasi fanining amalda vujudga kelishi
tadqiqot predmetining shakllanishi bilan birga uning
bilish usulining qaror
topishiga ham bog‘liqdir.
Uslubiyat
— bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi,
yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish
dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. U
iqtisodiy hodisalarni o‘rganishga umumiy yondashuv,
haqiqatni yagona va yaxlit
holda tushunish, yagona falsafiy asosning mavjudligini taqozo etadi. Uslubiyat
asosiy masala, ya’ni iqtisodiyot nazariyasi u yoki bu iqtisodiy tizimning amal
qilishi va yanada rivojlanishini
qanday ilmiy usullar, vositalar orqali bayon
etilishini hal etishga yordam berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi uslubiyatida bir
necha asosiy yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1)
sub’ektiv;
2)
neopozitiv-empirik;
3)
ratsionalistik;
4)
dialektik.
Sub’ektiv yondashuvda iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilishda
xo‘jalik yurituvchi alohida sub’ekt nuqtai-nazaridan kelib chiqiladi. Ayniqsa,
mazkur yondashuvdan iste’molchi
xatti-harakati nazariyasi, alohida bozor
ishtirokchilarining xulq-atvorlarini bayon etishda keng foydalaniladi.
Neopozitiv-empirik yondashuv iqtisodiy hodisa va jarayonlarni nisbatan
mukammalroq o‘rganish hamda baholashga asoslanadi. Tadqiqotning diqqat
markazida bilishning texnik
apparati maydonga chiqib, u bilish vositasidan uning
predmetiga (matematik apparat, ekonometrika, kibernetika va h.k.) aylanadi.
Tadqiqot natijasi bo‘lib esa asosiy kategoriyalardan iborat bo‘lgan turli
ko‘rinishdagi iqtisodiy modellar maydonga tushadi.
Ratsionalistik yondashuv insoniyat taraqqiyotining
tabiiy yoki ratsional
qonunlarini ochib berishga qaratilgan bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy tizimni, uni tartibga
soluvchi iqtisodiy qonunlarni, jamiyatning iqtisodiy tuzilishini tadqiq qilishni
taqozo etadi. Shuningdek, iqtisodiy ratsionalizm
konsepsiyasi mikroiqtisodiy
14
tahlilda keng qo‘llaniluvchi qoidalardan biri hisoblanadi. Uning asosida iqtisodiy
sub’ektning mavjud imkoniyat va resurslarning cheklanganligi sharoitida minimal
xarajatlar asosida maksimal natija olishga intilishi yotadi. Kishilar doimo o‘z
sub’ektiv manfaatlarini qondirishda cheklangan iqtisodiy ne’matlardan
foydalanishning muqobil usullarini tanlash zaruriyatiga duch keladilar. Tabiiyki,
o‘zlarining ratsional hatti-harakatlarini amalga oshirish uchun iqtisodiy sub’ektlar
tanlash erkinligiga ega bo‘lishlari lozim.
Ratsionallik darajasiga ko‘ra uning ikki turi farqlanadi:
1.
To‘liq ratsionallik. Bu ko‘proq nazariy tasavvur bo‘lib, unda iqtisodiy
sub’ekt mavjud axborotdan
eng yuqori darajada foydalanib, qilingan xarajatlar
bilan olingan natijalar o‘rtasidagi eng yuqori tafovutga erishadi (minimal xarajat
sharoitidagi maksimal foyda).
2.
Cheklangan ratsionallik. Bunda axborotlarni to‘plash va tahlil qilishning
qiyinligi tufayli xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda undan to‘liq foydalanishning
mumkin emasligini aks ettiradi. Bunday holatda qarorlar qisman tajriba, intuitsiya
va boshqalar
asosida qabul qilinib, ulardan olinadigan sof foyda nisbatan kamroq
bo‘ladi.
Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan
kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat
umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: