12
4)
g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi
–
ushbu vazifa shundan iboratki, uning
yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy
dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini
talaba yoshlar ongiga
singdiradi, ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy
mahsulotni ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon
miqyosida bozorgir bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining
turmush darajasini
ko‘tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy
ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat
hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi aholini ish bilan ta’minlash,
pulning
qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘llarini ko‘rsatib
berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib,
uning sohalari, ko‘rsatkichlari, omillari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, iqtisodiy o‘sish
yo‘llarini aniqlab ko‘rsatadi va davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy
asos bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir.
Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish,
ulardagi
shakl va mazmun o‘zgarishlarini, ichki bog‘lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni,
qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda,
talabalarga, iqtisodchi
mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o‘rgatishdan
iboratdir.
Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va
tarbiyaviy tomonlari bir–biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot
nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy
bilim esa oldindan ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini
beradi.
Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi
fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va
hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir.
Dostları ilə paylaş: