6
KIRISH
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to‘g‘ri va izchil iqtisodiy
siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, milliy
xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimdan
meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi;
iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy
barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik
kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning
infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub
o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi
shakllandi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish,
iqtisodiyotni
erkinlashtirish
va
modernizatsiyalash
jarayonlari
amalga
oshirilmoqda.
Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal
qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va
iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish
uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli
beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish,
ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim
vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Mavjud iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning echimini izlab
topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p
jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti
munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-
qoidalarini,
amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlarning,
uni
chuqurlashtirishning, iqtisodiyotni erkinlashtirishning maqsadi va mohiyatini
chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar fani iqtisodiyot
tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli
kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib,
7
unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani
mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush
darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat
qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning
ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi
bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida
shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi.
Shuning uchun magistratura talabalari uchun «Zamonaviy iqtisodiy
nazariyalar» fanidan o‘quv qo‘llanmaning tayyorlanishi ham bugungi kunda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma yangi davlat standarti talablari bo‘yicha tuzilgan va
Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan yangi
namunaviy o‘quv dasturi asosida yozildi. Unda dasturdagi barcha mavzular
qamrab olingan. Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda
misollar, jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilingan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda o‘qitishning yangi pedagogik va
informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir
mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek, takrorlash
va munozara uchun savollar ham berildi.
Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar bo‘yicha mazkur o‘quv qo‘llanma asosan
5A230101 – Iqtisodiy nazariya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari
o‘qituvchi va talabalari, aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga
qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin.
|