11
Bu nazariyalardan qay biri to‘g‘riligini tekshirish maqsadida AQSHning
turli shaharlarida ishsizlar umumiy soniga nisbatan turmush qurgan ayollarning
bandlik darajasini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar o‘rganib chiqilgan. Tadqiqotlar
ishsizlikning yuqori darajasi turmush qurgan ayollarning ishlovchilar umumiy
sonidagi ulushining pastligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan. Xususan, ishsizlar
umumiy sonining 1%ga o‘sishi turmush qurgan ayollarning ishlovchilar tarkibidagi
ko‘rsatkichini 1,4%ga pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, bu o‘rinda
ma’lumotlar «Rad etilgan ishchi» nazariyasini tasdiqlaydilar.
Dostları ilə paylaş: