264
ajratib ko‘rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda
rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo‘lmagan mamlakatlar.
Rivojlanganlik darajasi
bo‘yicha ham o‘z navbatida uchta guruh farqlanadi: past,
o‘rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy
Osiyo va Lotin
Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YAIM), yuqori daromadli neft
eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam
rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag‘al mamlakatlar
(Chad,
Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal
guruhlarga ajratiladi.
Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikning
har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo‘jalik aloqalarining chuqurlashib
borayotganligi
baynalminallashuvining
kuchayishi
hamda
fan-texnika
revolusiyasining
keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining
butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o‘z-o‘zini ta’minlash orqali
samarali amal qilishi mumkin emas.
Jahon xo‘jalik aloqalarining tez o‘sishi shunday davrlarga to‘g‘ri
keladiki, bu
davrda ishlab chiqarish omillarining harakati tezlashadi, kapital milliy chegaradan
o‘sib chiqadi, ishchi
kuchi migratsiyasi kuchayadi, xalqaro mehnat taqsimotining
shakllanish jarayoni tezlashadi. Bu shundan guvohlik beradiki, xo‘jalik aloqalarining
baynalminallashuvini ko‘p jihatdan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish
mantiqi taqozo qiladi, ya’ni u milliy chegaradan o‘sib chiqadi va ob’ektiv ravishda
ishlab chiqarishning baynalminallashuvini zarur qilib qo‘yadi.
Dostları ilə paylaş: