U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi
– ichki iste’mol 
bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari 
asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishda 
muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori 
boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni 
tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi
– aholining kam 
ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash borasida kuchli 
chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan 
nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar
ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar 
turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi. 
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni 


258 
amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda 
sifat jihatdan yangi 
bosqich boshlashini bildiradi.
Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab-
quvvatlash bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini 
ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga 
harakat qiladi. 
Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Aholi daromadlari – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda 
olgan daromadlari miqdori. 
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari 
summasi. 
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan 
daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin 
bo‘lgan daromad. 
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi 
daromadning zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga etadigan 
quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid quvvatidir. 
Lorens egri chizig‘i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni 
xarakterlaydi. 
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam 
ko‘rsatishga qaratilgan turli xil to‘lovlar. 
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni 
iqtisodiyot qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan 
siyosat. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin