255
Real hayotda mutlaq tenglik va mutlaq tengsizlik holatlari mavjud bo‘lmaydi.
Balki aholining ma’lum guruhlari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishi notekis
ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig‘i deb nomlanuvchi 0E
egri chizig‘i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini
birlashtiruvchi egri chiziqdan ko‘rinadiki, aholining dastlabki 20%ga
daromadlarning juda oz (taxminan 3-4%gacha) qismi to‘g‘ri keladi.
Keyingi
guruhlarga to‘g‘ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta
qismi (deyarli 60%) aholining so‘nggi 20%ga to‘g‘ri keladi.
Bu guruh chegarasi
ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10% taxminan 20%
daromadga ega bo‘lsa, keyingi 10%ga daromadning deyarli 40% to‘g‘ri keladi va
h.k.
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi tafovut
daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, ya’ni
Lorens egri chizig‘i 0E chizig‘idan qanchalik uzoqda joylashsa,
daromadlar
tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo‘ladi. Agar daromadlarning haqiqiy
taqsimlanishi mutloq teng bo‘lsa, bunda Lorens egri chizig‘i va bissektrisa o‘qi bir-
biriga mos kelib, farq yo‘qoladi.
Daromadlar
tabaqalanishini
aniqlashning
ko‘proq
qo‘llaniladigan
ko‘rsatkichlaridan
bir ditsel koeffitsienti
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% eng
yuqori ta’minlangan aholi o‘rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar
o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSH va Buyuk
Britaniyada bu nisbat 13:1ga, SHvetsiyada esa 5,5:1ga teng.
Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini
tavsiflash uchun
Dostları ilə paylaş: