250
17-BOB.
HOZIRGI ZAMON BOZOR IQTISODIYOTIDA IJTIMOIY
HIMOYA TIZIMI
Bob aholi daromadlarining
iqtisodiy mazmuni, turlarini bayon qilish hamda
uning darajasini belgilab beruvchi asosiy omillarni
qisqacha tavsiflash bilan
boshlanadi. Keyin bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy
sabablari ko‘rib chiqiladi. Daromadlar tengsizligi borasida bildirilgan fikrlar tahlil
qilinib, tengsizlik va samaradorlik o‘rtasidagi nisbat ko‘rsatib beriladi. Bob
kambag‘allik
muammosi, aholi daromadlarining yetarli darajasini ta’minlash
bo‘yicha davlat dasturlarini qarab chiqish bilan yakunlanadi.
1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi
va uning ko‘rsatkichlari
«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u
serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki,
daromad bir vaqtning
o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag‘larini,
natural
ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar
keltiruvchi nafni va boshqa
tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek,
daromad umumiy tushuncha
bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: