cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
Davlatning pulga bo‘lgan talab va taklifini o‘zgartirish borasidagi siyosati monetar siyosat deb yuritiladi. Davlatning budjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o‘zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy
mablag‘larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan
xo‘jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikga ta’sir ko‘rsatishda xam
keng foydalaniladi.
Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga,
soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to‘lashda berilgan
imtiyozlarga bog‘liq bo‘ladi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida
budjet xarajatlaridan ham foydalanadi.
Iqtisodiyotni
davlat
tomonidan
tartibga
solishda
asosiy
kapitalga
hisoblanadigan
jadallashgan amortizatsiya ajratmalari alohida rol o‘ynaydi. U
hozirgi sharoitda jamg‘arish va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni
rag‘batlantirishning asosiy vositasi hamda iqtisodiy sikli va bandlikka ta’sir
ko‘rsatuvchi muhim dastak hisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solishda davlat kapital qo‘yilmalari muhim rol o‘ynaydi.
Jumladan, bozor kon’yunkturasi yomonlashgan, turg‘unlik yoki inqiroz sharoitida
xususiy kapital qo‘yilmalar qisqaradi, davlat investitsiyalari esa odatda o‘sadi. Shu
orqali davlat ishlab chiqarishda tanazzul va ishsizlikning o‘sishiga qarshi turishga
harakat qiladi.
Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator
shakllarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin:
-
davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;
-
ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni
davlat tomonidan rag‘batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni
ta’minlash;
-
investitsiya jarayoni va iqtisodiy o‘sishni davlat tomonidan tartibga solish;
248
-
ishchi kuchi bozorga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish;
-
qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning oliy shakli