b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo‘yish siyosati. Bu iqtisodiyotga
aralashishning antiinflyasion tadbirlari hisoblanib, inflyasiyani yumshatishga
qaratiladi;
246
v) ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‘radi.
Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa
beradi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi;
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik
to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini tartibga
solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar).
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo‘li bilan
kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga
yo‘l berilmaydi va erkin raqobatga sharoit yaratiladi.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga
ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va budjet siyosatida o‘z ifodasini topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
-
hisob stavkasini tartibga solish;
-
moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal
hajmini o‘rnatish va o‘zgartirish;
-
davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat
majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to‘lash).
Davlat bu dastaklar yordamida moliya bozorida talab va taklif nisbatini
kutilgan yo‘nalishda o‘zgartirishga harakat qiladi. Jumladan, ssudaga beriladigan
pul miqdorini o‘zgartirish uchun foiz stavkasi vositasidan foydalanadi. Davlat
kreditga bo‘lgan talab va taklifni Markaziy bank orqali quyidagi yo‘llar bilan
o‘zgartiradi:
- davlat Markaziy bank ehtiyojlari orqali banklar mablag‘larining qarzga
beriladigan va zahirada turadigan qismlari ulushini o‘zgartiradi;
- Markaziy bank boshqa banklarga past foiz stavkasida qarz berib, ularning
kreditlash ishida faol qatnashib, iqtisodiy o‘sishiga ta’sir qilishini ta’minlaydi;
- davlat Markaziy bank orqali xazina majburiyatlarini tarqatadi, o‘z
obligatsiyalarini sotadi yoki qimmatli qog‘ozlarini sotib oladi. Natijada taklif
247
etilgan pul miqdori o‘zgarib, bu foizga ta’sir etadi.