244
Birinchidan, transfert to‘lovlari muhtojlarni, nogironlarni va birovning
qaramog‘ida bo‘lganlarni
nafaqalar bilan, ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan
ta’minlaydi. Ijtimoiy ta’minot dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga
moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.
Ikkinchidan, davlat bozorni tartibga solish yo‘li bilan, ya’ni
talab va taklif
ta’sirida o‘rnatiladigan narxlarni o‘zgartirish yo‘li bilan ham daromadlarning
taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat bir qator yo‘llar bilan resurslarning nomutanosib taqsimlanishi keltirib
chiqaradigan oqibatlarni yumshatishga ham harakat qiladi.
Birinchidan, iste’molchilarning aniq tovar va xizmatlarni xarid qilish
qobiliyatini oshirish yo‘li bilan ularning talabi kengaytiriladi.
Ikkinchidan, davlat taklifni oshirish maqsadida
ishlab chiqarishni
subsidiyalashi mumkin. Subsidiyalar ishlab chiqaruvchilarning zararlarini
qisqartiradi va mahsulotlar ishlab chiqarishda resurslarning yetishmasligi
muamosini bartaraf qiladi.
Uchinchidan, davlat ayrim tovarlar va ijtimoiy ne’matlarning
ishlab
chiqaruvchisi sifatida chiqadi. Bunday tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslanadi
va davlat tomonidan bevosita boshqariladi yoki ularni moliyalashtirishni davlat o‘z
zimmasiga oladi.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotning
barcha sohalarini
resurslar bilan ta’minlash, to‘liq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga
erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish davlatning eng
muhim vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotda to‘liq bandlikni ta’minlash uchun umumiy sarflar, ya’ni xususiy
va davlat sarflarining hajmi yetarli bo‘lmasa, davlat
bir tomondan ijtimoiy
ne’matlar va xizmatlarga o‘z xarajatlarini ko‘paytiradi, boshqa tomondan xususiy
sektorning sarflarini rag‘batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi.
Dostları ilə paylaş: