240
Beshinchidan,
hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham
mavjud bo‘lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siridan
kelib
chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo
etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha
xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli
bozor muvozanati,
ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga
ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga
solishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarning miqdori
davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida
olinadigan samaradan kam
bo‘lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini
belgilab beradi.
XX asrning 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda yangi konservativ
konsepsiyalar asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni cheklash
jarayonlari boshlandi. Bunda tartibga solishning an’anaviy
shakllaridan voz
kechildi, davlat mulkini xususiylashtirish yo‘li bilan davlat sektori ulushi
qisqartirildi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda nomarkazlashuv jarayonlari
kuchaytirildi, iqtisodiyotdagi bozor mexanizmlarining ahamiyati oshirildi.
Jumladan, AQSHda bu tadbirlar «Amerikaning yangi rivojlanish yo‘li: iqtisodiy
jihatdan yangilanish dasturi» nomli yo‘nalish
asosida amalga oshirilib, unda
daromad solig‘i stavkalarining pasaytirilishi, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish
maqsadida yirik korporatsiyalar investitsiyalari uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash,
federal hukumat xarajatlarini cheklash, xususiy biznes faoliyatining davlat
tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, inflyasiyaga qarshi pul-kredit siyosatini
o‘tkazish ko‘zda tutilgan edi.
Biroq, olib borilgan tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Masalan,
AQSHda
YAMMdagi davlat sarflari ulushi 1980 yilda 22,6% bo‘lsa, 1987 yilga kelib
27%ga qadar o‘sdi. Davlat qarzlari kamayish o‘rniga o‘sib ketdi, inflyasiyaning
pasayishi moliya tizimining izdan chiqishdan saqlab qola olmadi. Aksincha,
241
inflyasiyaning cheklanganligi uchun o‘sish sur’atlarining
pasayishi, ishsizlikning
o‘sishi, real ish haqining pasayishi kabi holatlar yuzaga keldi. Bunday jarayonlar
Angliya, YAponiya, Avstriya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham ro‘y berdi.
18
90-yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda keynscha tendensiyalar
yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan
tartibga solishning
yangi tipi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarni ro‘yobga chiqarish,
davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to‘g‘ridan-
to‘g‘ri aralashuv shakllari va burokratik nazoratning kamayishi bilan tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: