U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Asosiy tayanch tushunchalar 
Pul muomalasi – tovarlar aylanishiga hamda notovar xarakteridagi to‘lovlar 
va hisoblarga xizmat qiluvchi naqd pullar va unga tenglashtirilgan moliyaviy 
aktivlarning harakati. 
Pul tizimi – tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan 
mustahkamlangan, mamlakatda pul muomalasini tashkil qilish shakli. 
Kredit – bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni 
takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qarzga berish. 
Foiz normasi (stavkasi) – foiz yoki foizli daromadning qarzga berilgan pul 
summasiga nisbatining foizda ifodalanishi. 
Bank krediti – pul egalari (banklar va maxsus kredit muassasalari) tomonidan 
qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo‘jaligi sektori) beriluvchi pul 
ssudalari. 
Lizing – kreditning pulsiz shakli bo‘lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va 
boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam 


237 
ravishda haq to‘lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan 
iborat.
Faktoring 
– boshqa iqtisodiy sub’ektlarning qarzdorlik buyicha 
majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlari.
Farfeyting – uzoq muddatli faktoring munosabatlari bo‘lib, qarzdorlik 
bo‘yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o‘tgandan so‘ng 
undirishi mumkin bo‘ladi.
Trast – mijozlarning kapitallarini boshqarish bo‘yicha operatsiyalari. 
Banklar – kredit munosabatlariga xizmat qilib, kredit tizimining negizini 
tashkil qiluvchi maxsus muassasalar. 
Bank operatsiyalari – mablag‘larni jalb qilish va ularni joylashtirish bo‘yicha 
amalga oshiriladigan operatsiyalar. 
 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1.
Pulning qanday nazariyalari mavjud? Ularning asosida qaysi konseptual 
qarashlar yotadi?
2.
Pul muomlasi qonunlari nima? Pul muomalasining qanday qonunlari 
mavjud? 
3.
Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori qanday omillarga bog‘liq?
4.
Pul agregatlari nima va uning tarkibiga nimalar kiradi? 
5.
Kreditning asosiy turlarini sanab ko‘rsating va ularning tavsifini bering.
6.
Kredit qanday vazifalarni bajaradi? 
7.
Kreditning qanday tamoyillari mavjud? 
8.
Bank nima? Bank tizimi o‘z ichiga qanday tarkibiy qismlarni oladi? 
9.
Markaziy va tijorat banklarining vazifalarini ko‘rsating. 
10.
Mamlakatimizda bank tizimini yanada takomillashtirish borasida qanday 
chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda? 


238 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin