U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy 
faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi 
jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish 
hisoblanadi. 
Aholi real daromadlari darajasiga inflyasiya sezilarli ta’sir ko‘rsatishi sababli 
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol 
tovarlariga narxning o‘sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash
ya’ni nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda oshirib borish 
hisoblanadi. 
SHaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi 
aholining kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. 


257 
Amaliy hayotda qashshoqlikning o‘zi hayot kechirish minimumi yordamida 
aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. 
Ijtimoiy 
minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga 
ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Fiziologik 
minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko‘zda tutadi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga 
muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga 
daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi. 
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni 
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni 
bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir. 
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy 
yo‘nalish
– bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib 
borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam 
oshirib borish hisoblanadi.

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin