274
Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash
bir qator shakllarda amalga
oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar,
mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan
ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni
litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadqiqot
ishlari o‘tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo‘yicha
qo‘shma tadbirkorlikni o‘z ichiga oladi.
Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning
muhim shakllaridan biri
xalqaro injiniring
hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa
ob’ektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli
hisob-kitob loyihalarini
berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: