283
Mamlakatlar
o‘rtasida xalqaro savdo munosabatlari o‘rnatilganda
ayirboshlash qanday nisbatlar asosida ro‘y beradi, degan savol tug‘iladi.
Rikardoning xalqaro ixtisoslashuv ustunliklari haqidagi xulosalari, bu muammoni
chuqurroq tadqiq qilish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘ladi. Jumladan, J.Mill ishlab
chiqarish xarajatlarining turli nisbatlari o‘rtasida o‘rnatiladigan almashuv
mutanosibligi tovarning har biriga jahon taklifi va talabi hajmiga bog‘liq ekanligini
ko‘rsatadi.
Iqtisodiy nazariyada xalqaro ixtisoslashuvning ustunliklarini asoslash
Rikardoning klassik sxemasi bilan cheklanmagan. XX asrda xalqaro
ixtisoslashuvning qonuniyatlarini ko‘plab iqtisodchilar: jumladan, E.Xeksher,
B.Olin, P.Samuelson, J.Keyns, V. Leontev, G.Xaberler va boshqalar tomonidan
tadqiq qilindi. Jumladan, iqtisodiy adabiyotlarda
Dostları ilə paylaş: