306
XVF mamlakatlarning to‘lov balanslarini va tashqi qarzlarni tartibga solish
maqsadida kreditlar ajratadi. Bunda qarz oluvchi mamlakat o‘zining iqtisodiy
siyosatida XVFning tavsiyasiga binoan o‘zgartirishlar kiritishi talab etiladi. 1
yildan 3 yilgacha bo‘lgan muddatdagi moliyaviy-iqtisodiy barqarorlashtirish
dasturi ko‘rinishidagi bunday o‘zgarishlar fond bilan kelishilgan holda amalga
oshiriladi va bunga mamlakatning to‘lovga layoqatligi to‘g‘risidagi o‘ziga xos
xalqaro guvohnoma sifatida qaraladi.
1970 yildan boshlab XVF xalqaro to‘lov va zahira vositalari –
qarz olishning
maxsus huquqlari (SDR)
ni chiqara boshladi. SDR naqd pul ko‘rinishida bo‘lmay,
faqat XVF maxsus hisobvaraqlarida kredit yozuvlari ko‘rinishida amal qiladi va
fondga a’zo mamlakatlarning Markaziy banklari o‘rtasidagi hisoblashuvlarda
foydalaniladi.
Evropa valuta tizimi
1979 yilda Evropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi
davlatlar tomonidan valuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu
davlatlar o‘rtasidagi to‘lov jarayonlarida amal qiluvchi
Dostları ilə paylaş: