307
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)
ning faoliyati ustun ravishda
rivojlanayotgan
mamlakatlarning
xususiy
sektorini
moliyalashtirishga
yo‘naltiriladi.
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA)
ning asosiy faoliyati
esa ko‘proq
qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT)
tarkibiga barcha
sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRT unga a’zo mamlakatlarning
iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki hatti-
harakatlarning boshqa mamlakatlar to‘lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan.
IHRT tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko‘rsatkichlari asosida, jahon xo‘jaligi
rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro
moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo‘yicha
tavsiyalar beriladi.
Dostları ilə paylaş: