101
Chizmadan ko‘rinadiki, birinchi holatda narx mahsulotlar tannarxidan past
darajada o‘rnatilib (N
1
daraja), buning natijasida ular zarariga sotilishi mumkin.
Ikkinchi holatda
narxning N
2
darajada o‘rnatilishi mahsulotni sotishdan olingan pul
tushumining korxona
xarajatlariga teng kelishi, ya’ni ishlab chiqarishning faqat
o‘zini-o‘zi qoplashi ta’minlanishi mumkin.
Uchinchi holatdagi N
3
narx darajasi
tannarxdan yuqori, biroq qiymatdan past bo‘lib, bunda
korxona foydasi tovarda
mujassamlashgan foyda miqdoridan kam bo‘ladi. To‘rtinchi holatdagi N
4
narx
darajasi qiymat miqdoriga teng bo‘lib, korxona tovarda
mujassamlashgan barcha
foydani oladi. Va nihoyat,
beshinchi holatdagi N
5
narx darajasini o‘rnatish
korxonaga tovar qiymatidan ko‘proq pul daromadi olish imkonini beradi.
Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi (8-
chizma).
Dostları ilə paylaş: