U zot qing’irlikni bilmas, tili o’tkir bo’lsa-da birovning dilini noo’rin og’ritmas edi. U kishi yoshlarga, hali aynib ulgurmaganlarga umid ko’zi bilan qarar edi.
Abdulla Oripov shoir. O’zbekiston qahramoni.
Abdulla Qahhor biz uchun dastavval adabiyot tarixida yangi sahifa ochgan, o’z ovoziga, o’z uslubiga ega bo’lagn yozuvchi sifatida qadrli. Bunga u iste’dodining qudrati bilan erishgan.
Ozod Sharofididnov. Adabiyotshunos olim.
Abdulla Qahhorning «Bemor», «O’g’ri», «Anor», «Ming bir jon» kabi hikoyalariga rosmana roman fikri joylashgan. Bu hikoyalarni o’qigan kishi hayolida katta voqealar uyg’onadi.
Said Ahmad. O’zbekiston halq yozuvchisi.
Dostları ilə paylaş: |