Purin bir necha geteroatom tutgan geterotsikl bo’lib, uning molekulasi pirimidin va imidazol xalqalarining kondensirlanishidan tashkil topgan. Purin tabiatda topilgan emas, lekin molekulasida purin yadrosi tutgan moddalar o’simlik va hayvonоt dunyosida ko’p uchraydi. Nuklein kislota tarkibiga kiruvchi uratsil, timin va sitozin pirimidin hosilalari, adenin va guanin esa purin hosilalari hisoblanadi: