AC egrisi PX tuzining QX ning turli tarkibli eritmalaridagi eruvchanligini tavsiflaydi, BSegrisi esa, QXtuzining PX ning suvli eritmasidagi eruvchanligini ko’rsatadi. C nuqtada eritma ikkala tuz bilan to’yingan (evtonika) bo’ladi. H2O cho’qqi bilan ACB orasidagi maydonda joylashgan har bir nuqta tuzlarning to’yingan eritmalariga javob beradi. ACPX maydonidagi hohlagan nuqta 2 ta tuzning eritmasi va PX qattiq tuzdan iborat 2 fazali sistemani ifodalaydi. CBQX maydonidagi hohlagan nuqta 2 ta tuzning eritmasi va QX qattiq tuzdan iborat sistemani bildiradi. PXCQX maydoni 3 fazali sistemalarga mos keladi: ikkala tuz bilan to’yingan Ctarkibli eritma hamda PX va QX kristallari.