d nuqtada eritma ikkala tuzga nisbatan to’yingan bo’lib qoladi: ushbu eritmaning tarkibi C nuqta bilan ifodalanadi. Suvni bug’latishni davom ettirsak, ikkinchi QX tuzining kristallanishi boshlanadi. Eritmaning tarkibi o’zgarmas bo’lib qoladi (C nuqta), chunki 3 ta faza bo’lganda izotermik proyeksiyada erkinlik darajalari soni nolga teng bo’ladi (Ф = 3: F = k-Ф = 3-3 = 0). e nuqtada sistema С tarkibli eritma va PX va QX kristallarining aralashmasidan iborat bo’ladi. Suv to’liq chiqarilganda E nuqtada PX va QX quruq tuzlarning aralashmasi hosil bo’ladi. Ushbu tuzlarning massa miqdorlarining munosabati QXE va PXE kesmalarning munosabati ga teng bo’ladi.