M nuqta bilan ifodalangan 2 tuzning to’yinmagan eritmasidan o’zgarmas haroratda suvning bug’lanishini ko’rib chiqamiz. Figurativ nukta OMe to’g’ri chizig’i bo’yicha siljib boradi, chunki ikkala tuzning sistemadagi massalarining nisbati o’zgarmayapti.
a nuqtada PX tuzining kristallanishi boshlanadi; b nuqtada PX kristallari bilan b1 tarkibli eritma muvozanatda bo’ladi; d nuqtada ikkinchi QX tuzning kristallanishi boshlanadi (Ф = 3) va eritmaning tarkibi С nuqta bilan tavsiflanadi. Bug’latish davom ettirilsa ikkala tuz kristallarining ajralib chiqishi davom etadi. Eritmaning tarkibi o’zgarmaydi, chunki erkinlik darajalarining soni nolga teng