Uchburchak



Yüklə 18,08 Mb.
səhifə17/33
tarix30.09.2023
ölçüsü18,08 Mb.
#150765
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
majmua 2-kurs toza

Oq-qora skanerlar shtrixli va nimrangli tasvirlarni o‘qishi mumkin. Shtrixli tasvirlar nim ranglarni, yoki boshqacha aytganda, qo‘l rang darajalarini uzatmaydi. Nim rangli tasvirlar qo‘l rangning 16, 64 yoki 256 darajalarini anglash va uzatish imkonini beradi.
Rangli skanerlar oq-qora va rangli asl nusholar (originallar) bilan ishlaydi. Birinchi holatda ular ham shtrixli, ham nim rangli tasvirlarni o‘qish uchun ishlatilishi mumkin.
Rangli skanerlarda rangli RGB (Red-Green-Blue) modul ishlatiladi: skanerlanadigan tasvir aylanadigan RGB yorug‘lik filtri yoki ketma-ket yondiriladigan uchta rangli chiroqlar orqali yoritiladi; har bir asosiy rangga mos signal alohida qayta ishlanadi. Uzatiladigan ranglar soni 256 tadan 65536 tagacha (High Color standarti) va xatto 16,8 milliontagacha (True Color standarti) tebranishi mumkin. Skanerlarning o‘tkazish qobiliyati tasvirning bir dyuymdagi ajratiladigan
nuqtalar miqdori bilan o‘lchanadi va 75 dan 1600 dpi gacha (dot per inch) bo‘ladi. Konstruktiv jihatdan skanerlar dastaki va stolli bo‘ladi. Stolli skanerlar, o‘z navbatida planshetli, rolikli va proekcion bo‘ladi. Shaffof tashuvchilardan tasvirni o‘qiydigan slayd-skanerlar alohida ajralib
turadi.
Skanerlarning tiplari
Dastaki Skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo‘l bilan tasvir bo‘ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o‘tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo‘lib, u skanerlashning ruxsat etiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o‘lchamli va past narxdadir. Skanerlash tezligi 5-50 mm/s (o‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq).
Masalan, Mustek GS-400L - oq-qora nim rangli, CG-8400T-rangli. Planshetli skanerlar eng ko‘p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan (broshyuralangan) hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 O‘lchamli) 2-10 sekund. Masalan, rangli skanerlar: Mustek Paragon 1200, Epson ES 1200, HP Scan Jet 5 S va R, HP Scan Jet 11CX. Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar orasida Agfa firmasining ommaviy skanerlarini, masalan, Agfa Argus II ni ko‘rsatib o‘tish kerak, u 600 x 1200 dpi fizik o‘tkazish qobiliyatiga (Ultra View 2400x2400 dpi interpolyaciyalovchi texnologiyani ishlatgandagi mantiqiy o‘tkazish) ega, 4096 rang tuslarini uzatadi, tasvirni 7-9 marta masshtablaydi.

Yüklə 18,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin