20
ko‘rsatkichlarini nazorat qilishda o‘tkaziladigan o‘lchashlarning optimal
chegaralarini hamda miqdorini (sonini) belgilashda qatnashish;
bo‘ysinuvchi xo‘jalik sub’yektlarida ishlab chiqarishni metrologik
ta’minlanishi borasida bajariladigan ishlarning pasportlarini yaratish;
analitik, o‘lchov, tekshiruv va kalibrovkalash laboratoriyalarini
metrologik attestatsiyaga tayyorlash ishlarini tashkil etish;
metrologik
ta’minot
masalalarini
yorituvchi
me’yoriy-
texnik,boshqaruv va uslubiy hujjatlar tayyorlash ishlarida ishtirok etish
vaularni tashkil qilish;
quyi pog‘ona xodimlarini o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning kasbiy
malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
o‘lchov
vositalarini
yaratish,ishlab
chiqarish,sinash,sotish,ijaraga
berish,qo‘llash,ularni ishchi holatini saqlash va ta’mirlash bo‘yicha
metrologik nazorat o‘tkazish;
o‘z nazorati ostidagi xo‘jalik sub’yektlarida metrologik qoidalarni
o‘rnatish,ularni bajarilishini nazorat qilish va zaruriy axborotlar asosida
kollegial organga hisobot berish;
o‘zdavstandart va uning regional idoralariga o‘lchov vositalari ustidan
davlat nazoratini amalga oshirishda hamkorlik qilish;
muassasa tizimidagi sub’yektlarning metrologik ta’minotini aktual
masalalari bo‘yicha yig‘ilish va seminarlar o‘tkazilishini tashkil etish va b.
Markaziy apparatning bosh metrologi, yuqorida keltirilgan xizmat
vazifalaridan kelib chiqib, metrologik tizimning quyi pog‘ona bo‘linmalariga
tegishli ko‘rsatmalar berish va ularning bajarilishini talab etish vakolatiga ega.
Bazaviy, birlashma va xo‘jalik sub’yektlarining metrologiya xizmatlari o‘z
ishchi dasturlarini yuqori metrologiya xizmati vazifalaridan kelib chiqib tuzadilar
va bu xizmat dasturlari tegishli tartibda tasdiqdanadi.
Dostları ilə paylaş: